Maxfiylik siyosati
Bu hujjat qoralama bo'lib, yuridik ko'rikdan o'tkazilmoqda.
1. Ma'lumotlar egasi
Shaxsga doir ma'lumotlarni "NEW BEST SERVIS ASS" MChJ, STIR 309847172, manzil: O'zbekiston, Samarqand viloyati, Payariq tumani, Qumchuq MFY, Istiqlol ko'chasi, 120-uy, direktor: Amonov G'ayratjon Xakimovich O'zbekiston Respublikasining "Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida"gi Qonuniga muvofiq qayta ishlaydi.
Ro'yxatdan o'tish va telefon raqamini tasdiqlash orqali siz ma'lumotlaringiz ushbu siyosatga muvofiq qayta ishlanishiga rozilik bildirasiz.
2. Qanday ma'lumotlar yig'iladi
Telefon raqami, ism, rollar, hudud va til.
Siz joylagan e'lonlar, takliflar, sharhlar, portfolio, loyihalar, firma va mahsulot ma'lumotlari, qurilish kabineti yozuvlari va yuklangan fayllar.
Chat xabarlari, rasmlar va ovozli xabarlar.
Usta kiritgan karta raqami va karta egasining ismi. Karta raqami bazada shifrlangan holda saqlanadi. Amal qilish muddati, CVV va SMS kodlar so'ralmaydi va saqlanmaydi.
Kunlik ish joyining aniq koordinatalari: ular faqat e'lon beruvchi, administrator va "Boraman" degan ishchilarga ko'rinadi va ish tugaganidan 30 kun o'tgach o'chiriladi. Telefoningizdagi joylashuv faqat siz tugmani bosganingizda yoki botga lokatsiya yuborganingizda bir marta olinadi. Kunlik ishdan keyin qo'yilgan baholar va izohlar saytda ochiq ko'rinadi.
Vakansiyaga yuborilgan arizalar: ariza matni, ism va telefon raqami vakansiyani joylagan firmaga ko'rinadi.
To'lovlar tarixi, ulangan Telegram hisobi, bildirishnoma obunasi, kirish kodini so'ragan qurilmaning IP manzili va saytning ishlashi uchun zarur cookie fayllari (kirish, til, hudud).
3. Nima uchun ishlatiladi
Kirish va profilni himoya qilish, e'lonlar va chatni ishlatish, tomonlarni bog'lash, kelishuv va to'lovlarni bajarish, bildirishnomalar yuborish, nizo va shikoyatlarni ko'rib chiqish, firibgarlik va suiiste'moldan himoya qilish.
4. Kim ko'radi
Ismingiz, reytingingiz va e'lonlaringiz saytda ochiq ko'rinadi. Telefon raqami boshqa tomonga faqat ish uchun tanlanganda yoki siz o'zingiz ochiq ko'rsatgan joyda (masalan, firma sahifasi) ko'rinadi.
To'g'ridan-to'g'ri to'lovda usta kartasi buyurtmachiga faqat ikki tomon kelishuvni tasdiqlagandan keyin ko'rinadi. Chat faqat uning ishtirokchilariga ochiq; nizo yoki shikoyat ko'rib chiqilganda zarur ma'lumotlarni administrator ko'rishi mumkin.
Xizmatni ko'rsatish uchun zarur ma'lumotlar quyidagilarga uzatiladi: SMS provayderi (kirish kodi), to'lov tizimlari Payme va Click (to'lov), Telegram (faqat botni ulaganingizda).
Ma'lumotlar reklama maqsadida sotilmaydi. Qonunda nazarda tutilgan hollarda vakolatli organlarga beriladi.
5. Saqlash
O'zbekiston fuqarolarining shaxsga doir ma'lumotlari O'zbekiston hududidagi serverlarda saqlanadi.
Ma'lumotlar xizmat ko'rsatish uchun zarur bo'lgan muddatda, to'lov va kelishuv yozuvlari esa qonunda belgilangan muddatda saqlanadi.
6. Huquqlaringiz
Siz o'zingiz haqingizdagi ma'lumotlarni bilish, tuzatish, rozilikni qaytarib olish va o'chirishni so'rash huquqiga egasiz. Buning uchun Aloqa sahifasi orqali murojaat qiling.
Qonunga ko'ra saqlanishi shart bo'lgan yozuvlar belgilangan muddat tugaguncha o'chirilmaydi.
7. O'zgarishlar
Siyosat o'zgarishi mumkin. Yangi tahrir saytda e'lon qilingan kundan kuchga kiradi.